Katta aravachalar davrining yakuni: "uy yaqinidagi do‘kon" formati O‘zbekistonda xarid madaniyatini qanday o‘zgartirmoqda

Katta aravachalar davrining yakuni: "uy yaqinidagi do‘kon" formati O‘zbekistonda xarid madaniyatini qanday o‘zgartirmoqda

Uzoq yillar davomida O‘zbekiston oilalari uchun yirik gipermarketlar yoki ulgurji bozorlarga  har hafta qatnab, bir yo‘la katta hajmda mahsulotlar xarid qilish odatiy hol bo‘lib kelgan. Dam olish kunlari oziq-ovqatni zaxira ortigʻi bilan  xarid qilish oilaviy budjetni tejashning eng yaxshi usuli hisoblangan.

 

HAVAS tarmog‘ining rivojlanishi esa bu tasavvurni o‘zgartirdi. Kompaniya vaqt va mablag‘ni tejashning eng samarali yo‘li – kerakli mahsulotlarni uyga yaqin joydan xarid qilish ekanini amalda isbotladi.

"Uy yaqinidagi do‘kon" formati o‘zbekistonlik iste’molchilarning xarid qilish odatlaridagi o‘zgarishni yaqqol koʻrsatdi. Xaridorlar uzoq masofalarga borish, soatlab navbat kutish hamda katta savdo maydonlarida muqarrar yuzaga keladigan rejasiz xaridlardan asta-sekin voz kecha boshlashdi. Zamonaviy hayot sur’ati esa uyga yaqin joyda tez va kundalik xarid qilishni talab etmoqda.

 

Riteyl bozori va B2B hamkorlari uchun bu tendensiya yangi qoidalarni belgilab berdi. An’anaviy gipermarketlarda xaridor bir-birini takrorlaydigan yuzlab mahsulotlar orasida adashib qolishi mumkin bo‘lsa, HAVAS assortimenti faqat kundalik ehtiyoj uchun eng talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarga yo‘naltirilgan. Bu esa har bir savdo javonidan maksimal darajada samaradorlik olish, logistika xarajatlarini kamaytirish va natijada chakana narxlarni imkon qadar past darajada ushlab turishga xizmat qiladi.

HAVAS O‘zbekistonda riteylning kelajagi savdo maydoni hajmi bilan emas, balki xaridorlarning tashriflar soni va iste’molchiga yaqinlik bilan belgilanishini isbotladi. "Uy yaqinidagi do‘kon" formati nafaqat yirik va sust ishlaydigan savdo formatlarini siqib chiqarmoqda, balki qulaylik, tezkorlik va manfaatni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirayotgan yangi, oqilona iste’mol madaniyatini shakllantirmoqda.