O‘zbekiston FMCG bozorini rivojlantirishda HAVAS HOLDING ning o‘rni

O‘zbekiston FMCG bozorini rivojlantirishda HAVAS HOLDING ning o‘rni

O‘zbekistonning FMCG bozori ichki talabning kengayishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasining rivojlanishi hamda import hajmining oshishi fonida barqaror o‘sishni namoyish etib kelmoqda. Bunday sharoitda keng ko‘lamli logistika infratuzilmasi va samarali distribyutsiya tizimiga ega kompaniyalar muhim ahamiyat kasb etadi.



HAVAS HOLDING 2014-yildan buyon riteyl, development va FMCG-distribyutsiya yo‘nalishlarida faoliyat yuritib, barqaror ta’minot ekotizimini shakllantirib kelmoqda. Xolding mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xalqaro brendlarni oʻzida birlashtirgan holda, mamlakat bo‘ylab mahsulotlar oqimining uzluksizligini ta’minlaydi.

 

O‘zbekiston FMCG sektorida HAVAS HOLDING ning raqobatbardosh ustunliklari:

 

· hududlar bo‘yicha rivojlangan distribyutsiya tarmog‘i,

 

· zamonaviy omborlar va logistika quvvatlari,

 

· yangi formatdagi savdo ko‘chmas mulklari,

 

· ishlab chiqaruvchilar bilan uzoq muddatli hamkorlik,

 

· diversifikatsiyalangan biznes modeli.

 

Ta’minot zanjirlarini boshqarishga tizimli yondashuv HAVAS HOLDINGning iste’mol bozoridagi pozitsiyalarini mustahkamlaydi hamda O‘zbekiston FMCG sektorining barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa mazkur sohani mamlakatdagi eng ahamiyatli investitsion yo‘nalishlardan biriga aylantirmoqda.