Havas Holding Quvaytning Gulf Investment House kompaniyasi bilan 400 mln dollarlik hamkorlik shatnomasini imzoladi

Havas Holding Quvaytning Gulf Investment House kompaniyasi bilan 400 mln dollarlik hamkorlik shatnomasini imzoladi

Havas Holding Quvaytning Gulf Investment House kompaniyasi bilan 400 mln dollarlik hamkorlik shatnomasini imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Kuvaytga rasmiy tashrifi doirasida Havas Holding vakillari O‘zbekiston-Kuvayt biznes-forumida ishtirok etib, ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 400 mln dollardan ortiq qiymatdagi bitimlarni imzoladi

Havas Holding vakillari Quvaytga tashrifi doirasida qiymati 400 million dollardan ortiq bo‘lgan bitimlarni imzoladi.

2025-yil 17-18-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining tashrifi bilan bir vaqtda Havas Holding vakillari Quvaytning yetakchi kompaniyalari bilan ishbilarmonlik muzokaralarini o‘tkazib, qator yirik kelishuvlarga erishdi.

Xususan, Gulf Investment House investitsiya kompaniyasi bilan 400 mln dollarlik hamkorlik shartnomasi imzolandi. Havas Holding va Gulf Investment House o‘rtasidagi kelishuv kompaniyalarning o‘zaro hamkorligini hamda eksport-import va savdo, turar-joy ko‘chmas mulkini qurish va rivojlantirish, ishlab chiqarish va logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Gulf Investment House - 1998-yilda tashkil etilgan investitsiya fondi bo‘lib, Fors ko‘rfazidagi yetakchi moliyaviy kompaniyalardan biri hisoblanadi. Gulf Investment House Fors ko‘rfazi, Yaqin Sharq mamlakatlari va boshqa strategik bozorlarda investitsiyalarga ega. Havas Holding va Gulf Investment House o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari uchun yangi imkoniyatlarni yaratib beradi.
 

Shuningdek, Havas Holding va Raha Holding o‘rtasida shartnoma imzolandi. U Havas Holding va Smooth Logistics (Raha Holding bo‘linmasi) o‘rtasida logistika sektorini raqamlashtirish va robotlashtirish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Tashrif davomida Havas Holding vakillari mamlakatning qator yetakchi kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazib, o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish istiqbollarini muhokama qildi.

Havas Holding O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va milliy iqtisodiyotni global bozorlarga integratsiya qilish uchun shart-sharoitlar yaratgan holda, xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.