Uzoq vaqt davomida O‘zbekistondagi xaridorlar ikki narsadan birini tanlashlariga toʻgʻri kelardi: bozorlardagi arzon narxlar yoki zamonaviy do‘konlardagi qulaylik. HAVAS diskounterlar tarmog‘i ushbu odatiy modelni o‘zgartirib, xaridorlarga zamonaviy “uy yonidagi do‘kon” formatida hamyonbop narxlarni taklif qildi.

Qulaylik, piyoda yetib olish imkoniyati va kundalik ehtiyoj mahsulotlariga urg‘u berilishi HAVAS ni millionlab xaridorlar uchun yaqin va tushunarli qildi. Endilikda sifatli mahsulotlarni ortiqcha vaqt sarflamasdan, uyga yaqin joyda va arzon narxlarda xarid qilish mumkin.

Eng muhim jihat shundaki, HAVAS nafaqat o‘z segmentida o‘rin egalladi, balki butun bozor qoidalarini o‘zgartirdi. U zamonaviy chakana savdo keng omma uchun hamyonbop bo‘lishi mumkinligini isbotladi. Bu esa raqobatni kuchaytirib, boshqa bozor ishtirokchilarini ham narx siyosatini qayta ko‘rib chiqishga va yanada raqobatbardosh takliflar berishga majbur qildi.

“Xalq xizmatida” missiyasiga sodiq qolgan HAVAS kundalik xaridlarni yanada arzon, qulay va ommabop qildi. Natijada iste’molchilarning odatlari ham o‘zgardi – tobora ko‘proq kishilar arzon narx, tartib, qulaylik va yaqinlik uyg‘unlashgan formatni tanlashmoqda.