7-mart kuni O‘zbekistondagi birinchi diskaunt do‘konlar tarmog‘i – Havas o‘zining yetti yilligini nishonlaydi. Savso-sotiq sohasida muhim hisoblangan ushbu davr mobaynida loyiha dadil tajriba jarayonidan – millionlab insonlar hayotining ajralmas qismiga aylangan yirik savdo tizimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Har bir oilaning ehtiyojlarini o‘rganib, xaridorlari bilan birga rivojlanib borayotgan kompaniya yangi bir iste’mol madaniyatini shakllantirdi. Do‘kon peshtaxtalaridagi yashil va sariq ranglar uyg‘unligi esa bugun musaffolik, iliqlik va haqiqiy foyda ramziga aylandi.

Yutuq va sarhadlar
2019-yilda bozorga yangi va ma’lum darajada tajriba sifatida kirib kelgan ushbu format bugungi kunda 300 dan ortiq do‘konni o‘z ichiga olgan barqaror tizimga aylandi. Tarmoq do‘konlari Toshkent shahrida hamda uning tashqarisida ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Bu sarhad tanlangan model nafaqat o‘zini oqlaganini, balki chinakamiga xalqona savdo formatiga aylanganini ko‘rsatadi.
Sarhadlarning bunday kengayish ortida aholiga sifatli mahsulotlarni adolatli narxlarda taqdim etishdek muhim ijtimoiy maqsad turadi. Havasning bozorga kirib kelishi mamlakat savdo bozorining rivojlanishiga yangi yo‘nalish berdi, sog‘lom raqobatni kuchaytirdi. Natijada xizmat ko‘rsatishning yangi standartlari shakllandi va bozor xaridorlarning ehtiyojlari hamda tejamkor xarid qilish istagiga yanada koʻproq e’tibor qaratdi.

Halol narx falsafasi
Havas muvaffaqiyati dunyo bozorlarida uzoq yillardan beri samaradorligini isbotlab kelayotgan modelga asoslanadi. Diskaunter formatining markazida maksimal operatsion samaradorlik tamoyili turadi. Bu yerda ortiqcha bezak yoki qimmat reklamalarga mablag‘ sarflanmaydi – barcha resurslar mahsulot narxini iloji boricha past darajada saqlashga yo‘naltiriladi.
Jarayonlarni optimallashtirish va o‘z savdo brendlarini rivojlantirish xaridorlarga marketing shov-shuvlari uchun ortiqcha haq to‘lamasdan sifatli mahsulot olish imkonini beradi. Kompaniya ichidagi bunday oqilona yondashuv bevosita iste’molchilarning barakasida aks etadi.

Oqilona xarajatlar bilan yaxshi yashash
Havas paydo bo‘lishi bilan tejamkorlik odati sifat va qulaylikni tanlashga aylana boshladi. Diskaunter formati mahsulotning narxi va yangiligi o‘rtasida murosa izlashga hojat qoldirmaydi – xaridor ikkalasini ham bir joyda topa oladi.
Har bir mahallada do‘konlarning mavjudligi xarid jarayonini ancha yengillashtirdi va insonlarga eng qimmat resurs – vaqtni tejash imkonini berdi. “Uyga yaqin” formatidagi do‘konlar uzoq bozorlarga borish zaruratini kamaytiradi, kundalik xaridlarni tez va qulay jarayonga aylantiradi. Zarur mahsulotlar yaqin bo‘lganda va xarajatlar oldindan rejalashtirilganda, oilalar byudjet hamda vaqtni hayot sifatini yaxshilash uchun yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladi.
Barqarorlik va rivojlanish
Faoliyatining yetti yili davomida Havas mijozlarga yaqinlik va narxlarning halolligi eng to‘g‘ri strategiya ekanini isbotladi. Tarmoqning hududlar kesimida kengayishi bunday formatga ehtiyoj juda katta ekanini ko‘rsatmoqda. Havas o‘z xaridorlari bilan birga o‘sishda davom etib, kundalik xaridlarni qulay va barqaror kelajak sari qoʻyilgan ongli qadamlarga aylantirmoqda.